Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i

Mulkida soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish obyekti hisoblanadi.

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 418-419 moddalari.