Kimlar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin?

Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

  • avtomobilning orqa o’rindig’idagi 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
  • transport vositasini o’quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o’rgatuvchi amaliy mashg’ulotlar instruktori;
  • homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo’lovchilar;
  • orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
  • aholi punktlarida harakatlanishda — yo’nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o’rindig’idagi yo’lovchilar;
  • aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo’lovchilari.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications