Bosh sahifa / Ma'muriy huquq / Yer uchastkasini olib qo’yish uchun kompensatsiya turlari

Yer uchastkasini olib qo’yish uchun kompensatsiya turlari

Yer uchastkalarini olib qo’yish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:

fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo’lmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini to’lash;

buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to’lash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo’yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;

yer uchastkasini o’zlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati to’liq to’langan hamda yer uchastkasini olib qo’yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi berish;


davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo’yilishi oqibatida yuridik shaxslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki ko’chmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni to’laligicha qoplash;
fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak bo’lgan uylar, imoratlar va inshootlarni ko’chirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo’yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;

yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qo’yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to’g’risida NIZOM 8-bandi

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish