Skip to main content

Konstitutsiyaviy islohotlar – yoshlar nigohida

“Yaxshi bo‘lish uchun o‘zgarish kerak, yaxshilarning yaxshisi bo‘lish uchun esa yanada ko‘proq o‘zgarish kerak”

Atoqli davlat va siyosat arbobi Uinston Cherchil

Mustaqillik yillaridan buyon mamalakatimizda amalga oshirilgan islohatlarning asl maqsadi yurt tinchligi, jamiyat faravonligi, xalq manfaatlarini bevosita ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi demokratik davlat barpo etish, har bir sohani yangidan-yangi, invatsion g‘oyalar bilan moderinizatiyasilash edi nazarimizda. Bugungi kunda yurtimizdagi mana shunday islohatlar o‘z aksini konstitutsiyamizda topmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq manfaatlarini himoya qilish, inson va fuqarolarning huquq va erkinlarini ta’minlash, mavjud konstitutsiyaviy tizimni yanada takomillashtirish maqsadida konstitutsiyamizni o‘zgartirish taklifi kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini jahon tajribalari shuningdek tariximizning munavvar zarlavhalaridan o‘rnak olib, o‘zining ulkan maqsad va g‘oyalarini asosida amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi prinsiplari asosida aynan kostitusiyaviy islohatlar borasidagi jahon tajribalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, oxirgi 25 yil ichida 100 dan ortiq davlatda konstitutsiyaviy islohatlar o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi kunda hech bir davlat yo‘qki, o‘z konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritmagan. Butun dunyoda 500 dan ortiq amaldagi konstitutsiya mavjud bo‘lib, ulardan 200 ga yaqini mustaqil davlatlar, 300 dan ortig‘i esa federatsiyalar subyektlariga tegishli. Shu bilan birga Shumer shohi Ur-Nammuning Qonunlar to‘plami eng qadimgi konstitutsiya hisoblanadi. Mazkur muhrlangan sopol peshlavhalarning yoshi 4 ming yildan oshgan. Bunda konstitusiya aqida emas, balki harakatlarning, barqaror taraqqiyotning dasturi bo`lib, tuzatish, o‘zgartirish kiritish imkoniyati barcha konstitutsiyalarning fundamental xususiyati hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqadigan bo‘lsak, jamiyat tarixiy rivojlanishining turli bosqichlarida birdek xizmat qiladigan konstitutsiyaviy matnni bittada va adabiy yaratib bo‘lmaydi. XX asrning oxirgi o‘n yilligi hamda XXI asrlar boshi dunyo tarixiga jahon hamjamiyati vakillarining konstitutsiyaviy islohatlarning yangi sifat darajasiga chiqishi, konstitutsiyaviy dunyoqarashda sifat jihatidan chuqur o‘zgarishlar davri o‘laroq kiradi.

Barchamizga ma’lum konstitutsiyamiz qabul qilinganidan unga keyin ko‘plab tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Ehtimol, bu jahon tajribalaridan unumli foydalanganlikning yana bir isbotidir. Dunyodagi konstitusiyaviy o‘zgarishlarni o‘rganishning o‘ziga xos jihati shundaki davlat bosh qonunini zamon talablariga moslashtirish, uning vujudga kelayotgan da’vatlariga javob berish qobiliyatini oshirish zaruratini namoyon qilmoqda. Prezidentimiz taklifiga binoan, 20-mayda tashkil etilgan komissiyaning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini zamon talablariga moslashtishtirish nazarimizda. Xalq manfaatlari ustuvorligi tamoyili asosida faoliyat olib boradigan davlatimiz tomonidan konstitutsiyaviy islohatlarning samaradorligini oshishish, fuqarolar ishtirokini bevosita ta’minlash qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida “meningkonstitutsiyam_bot”, “meningkonstitusiyam.uz” kabi onlayn platformalar ishga tushirildi. Shu kunga qadar aholi tomonidan qariyib, 48 mingdan oshiq taklif kelib tushgan. Xususan, yaqin qarindoshlari sudlangan shaxslarning huquqlari, jumladan ishga qabul qilish huquqini cheklamaslik haqida norma, konstitutsiyamizning 41-moddasini kengaytirish ya’ni ta’lim sohasiga oid  yanada ko‘proq normalar kiritish shuningdek, rivojlangan davlatlardagi kabi mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasligi va shu bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham konstitutsiyada qoida sifatida belgilash to‘g‘risidagi qator takliflar shular jumlasidandir. Komissiya tomonidan o‘rganilib chiqilayotgan mazkur takliflar chindan ham jamiyat hayotini barqarorlashtirish, fuqarolarning tinchlik va totuvligini ta’minlash, kelajak avlodni yuksak ma’naviyat va aql-zakovat sohibi sifatida tarbiyalashda albatta o‘zining ijobiy natijasini berajakdir. Zero, amalga oshiralayotgan islohatlar orqali siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohalar, shuningdek milliy qadriyatlarimiz tartibga solinadi va tom ma’noda davlatimiz tomonidan muhofaza etiladi. Yurtboshimiz tomonidan konstitutsiyaviy islohatlar davomida  xalq orasidagi “snos” masalasini qayta ko‘rib chiqish, konstitutsiyaga “Miranda qoidasini”  ya’ni shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlanganligini soda tilda tushuntirish, bundan tashqari “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish yanada kengroq tushuntiradigan bo‘lsak, shaxs sud qaroriga qadar 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflar kiritilishi ham xalq manfaatlarining nechog‘lik ustuvorligini anglatadi.

Konstitutsiyaviy ko‘lam sohasini rivojlantirish, huquqiy suverenitetni mustahkamlash, inson huquq va erkinlarining sud himoyasini oshirish, konstitutsiyaviy odil sudlov vakolatini kengaytirish, fuqarolarga konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqini berish mamlakat rivojlanashining asosiy tayanchidir. Va shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, konstitutsiyaviy huquq ijodkorligining globallashuvi, dunyo davlatlari konstitutsiyalarida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va normalarini aks ettirish aynan mushtarak maqsadlarning bir ko‘rinishidir.

Manazarova Nargiza Abdurahim qizi

Toshkent davlat Yuridik universiteti Ixtisoslashtirilga filiali
1-bosqich talabasi
Davlat-huquqiy fanlar
kafedrasi mudiri v.v.b.
U.I.Shonazarov rahbarligida

Categories: Ilmiy maqolalar