Saylov mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertangi kuni, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam bo‘ladi. Shu sababli Bugungi kunda saylov qonunchiligi kadriyatlarimiz va davlatchilik tariximiz asosida, fuqarolarning siyosiy huquq, erkinligi, manfaatlarini ta’minlash, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Saylov, keng ma’noda, demokratiyani qaror toptirishning, davlat xokimiyati idoralarini shakllantirishning, ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishning ta’sirchan vositasi sifatida namoyon bo‘lmokda. “Demokratiya” va “saylov” tushunchalari uzviy bog‘liq siyosiy, huquqiy va ilmiy tushunchalar hisoblanadi.
Saylovlarsiz demokratik jarayonlarni tasavvur qilishimiz qiyin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq, fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadilar. Ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashqil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolarning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishdagi ishtiroki, asosan, saylovlarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi soxasidagi islohotlar tizimli va izchil xususiyatga ega ekanligi, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda saylov erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari, saylov komissiyalari faoliyati xalqaro normalar hamda demokratik prinsiplarga to‘la javob berishida milliy qonunchilik va saylov amaliyotimizning ahamiyati kattadir. Shuning uchun Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan ilk Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini kun tartibiga qo‘ygan edi. Unda: “…Shu o‘rinda siyosiy xayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi hakida ham to‘xtalib o‘tmokchiman. Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun va bir qancha qonunosti hujjatlari, afsuski, xaligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagan. Shu sababli xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul kilish lozim”, deb ta’kidlagan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 12-maqsadi “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish“ga bag‘ishlangan bo‘lib unda aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab o‘tilgan.
Saylov tizimi siyosiy tizimning tarkibiy qismi sifatida siyosiy hayot amaliyotiga, holatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu tizimlar asosan ovoz berish tartibi, ovozlarni aniqlash, ovozlarni deputat saylashda taqsimlanishi, saylovni necha mandatli saylov ekanligi bilan aniqlanadi va bir-biridan farq qiladi. Ularning birontasini demokratik boshqasini nodemokratik deyishga asos yo‘q. Saylov tizimining 3 turi mavjud. Bular: Majoritar, proporsinal va aralash. Ulardan majoritar saylov tizimiga to‘xtalib o‘tamiz.
Majoritar saylov tizimi deganda (frans. majorite — ko‘pchilik suzidan) vaqillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniklash tushuniladi. Majoritar saylov tizimi tarixan ilk tizim hisoblanadi. Bugungi unda eng ko‘p tarqalgan tizim xisoblanadi.
Majoritar tizim siyosiy partiyalar hali uncha kuchli bo‘lmagan, aholini o‘z taraflariga og‘dirish uchun tegishli ishlar amalga oshirmagan davlatlarda foydali hisoblanadi. Bunday saylovda vaqillik organlariga deputat bo‘lib partiya a’zolari emas, partiya tomonidan ko‘rsatilgan, so‘zga chechan, saylovchilarni o‘z dasturiga ishontira oladigan kishilar ko‘rsatiladi va saylanadi. Bu saylovda saylovchilar nomzodlarning qilgan ishlari, xizmatlari, dasturlarini taqqoslaydilar va o‘ziga ma’qulini tanlaydilar. Bu tizimda ham okruglarda nomzodlar, asosan, partiya nomidan qatnashadi, lekin yakka asosda ovoz oladi, ovoz partiya uchun emas shaxsan nomzodga beriladi. Majoritar tizimning ham ko‘rinishlari har xil. Uning bir ko‘rinishida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Bunda saylanish uchun qancha ovoz olish kerakligi ko‘rsatilmagan. Bu ko‘rinish AQSh, Xindiston va Rossiyada qo‘llaniladi. Bu mamlakatlarning qonunlarida aksariyat ovoz berishda qancha saylovchi ishtirok etishi shartligi ham ko‘rsatilmaydi. Angliya qonuniga asosan okrugdan bir nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa, saylovsiz saylanish mumkin, uning saylanishi uchun nomzodning o‘z ovozi kifoya bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda majoritar tizimda saylanish uchun ko‘pchilik ovoz talab etiladi.
Ba’zi davlatlar amaliyotida har uch saylov tizimidan birgalikda foydalanish amaliyoti hamkuzatiladi. Masalan, Germaniyada majoritar saylov tizimi bilan birga proporsional saylov tizimidan ham foydalanadi, Unda parlamentning quyi palatasi proporsional tizim asosida, yuqori palata majoritar tizim asosida saylanadi.
Majoritar saylov tizimining bir nechta quyidagi afzalliklari mavjud.
- Bu tizim aralash yoki noan’anaviy tizimlardan ko‘ra saylovchilarga juda tushunarli hisoblanib, uning qo‘llanilishi saylovchilarga ikki yirik partiyadan birini tanlash imkonini beradi. Bunda kichik partiyalar yirik partiyalardan birining tutgan pozisiyasida tutgan o‘rniga halaqit qiladi.
- Bu tizim ancha samarali bo‘lib, har bir deputatlik o‘rni darrov, ya’ni bir marta ovoz berishning o‘zidayoq to‘ldirilishi mumkin. Buning ustiga ushbu tizim ancha kamharajatli ham bo‘lib, saylov uchastkalarida takror ovoz berishni istisno qiladi.
- Bu usul yagona partiya vakilliridan iborat hukumat tuzishga imkon beradi va buning natijasida hukumatni koalision usulda boshqarishga extiyoj qolmaydi. Bu esa, hukumatning barqaror ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beradi.
- Bu tizim parlamentda amaldagi hukumatga nisbatan kuchli muxolifatning paydo bo‘lishi uchun qulay imkoniyat yaratadi, chunki hukumat tuzish uchun yetarli ovoz ololmagan partiya amaldagi xukumat faoliyatiga nisbatan tanqidiy mavqeni egallaydi.
- Bu tizim yirik partiyalarning saylovda yutib chiqishini va barqaror hukumat tuzilishini ta’minlaydi. Bunda ekstremistik siyosiy partiya vaqillirining parlamentda o‘z mandatlariga ega bo‘lish imkoniyati kamayadi.
Ushbu tizimda saylovchilar va deputatlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni bevosita yo‘lga qo‘yish mavjud. Proporsional saylov tizimida nomzodning muayyan partiya vakili yoki tarafdori bo‘lish talab qilinsa, oddiy ko‘pchilikka asoslangan majoritar saylov tizimida deputatlarning muayyan bir hudud vaqili sifatida saylanishi muhim hisoblanadi. Ma’lum hududga bog‘liqlik esa deputatlarni ana shu hudud manfaatlarini himoya qilishga undaydi. Ushbu tizim ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi va bunda agar nomzod saylov okrugidagi saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olgan bo‘lsa, u saylangan hisoblanadi. O‘zbekistonda mutloq ko‘pchilik ovozga asoslangan majoritar saylov tizimi qo‘llaniladi. Mamlakatimizda qo‘llaniladigan ushbu tizimning ijobiy tomoni (yutug‘i) saylovchi aniq bir shaxsga ovoz beradi. Bu keyinchalik saylangan shaxs bilan saylovchi o‘rtasida bevosita aloqadorlikni o‘rnatadi. Deputatlar o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berib boradi, vakillik organlarida shu okrug saylovchilarining manfaatini ifodalaydi, ularning nomidan faoliyat ko‘rsatadi. Salbiy tomoni esa, unda ko‘plab saylovchilar ovozi kuyib ketadi, saylanmagan nomzodlarga berilgan ovozlar bu 49% gacha bo‘lishi mumkin. Majoritar saylov tizimi deputatlarning bir okrugdan bitta saylanshi bilan (nomzodlar qancha bo‘lishidan qat’iy nazar) saylovchi aniq nomzodga yoqlab yoki qarshi ovoz berishi bilan harakterlanadi. Bu ko‘pchilik ovozlarninng saylanadigan nomzodlarda bo‘lishini nazarda tutadi. Majoritar so‘zining o‘zi ham fransuzcha “ko‘pchilik” so‘zidan olingan. Majoritar tizim jahonda eng ko‘p tarqalgan tizim deb hisoblanadi.
Aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda shakllangan majoritar saylov tizimi xalqaro saylov standartlariga har tomonlama mos bo‘lib, u demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab amalga oshirayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Muhammadjonova Gulruh Navro`zbek qizi
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali 2-kurs talabasi, TDYU IF Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi o‘qituvchisi Eshqobilov Sirojiddin Abdunabiyevich rahbarligida