Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun davlat boji miqdorini qisqartirish yoki davlat bojini to‘lashdan ozod qilish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish uchun davlat boji stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvardagi 600-son Qonun talablari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 1-baravari miqdorida belgilab berilgan.

Mazkur Qonunning 13-moddasida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinuvchi shaxslar ro‘yxati belgilab berilgan. Unga ko’ra,

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini to‘lashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini berganlik uchun;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini:
yaqin qarindoshlari vafot etganda yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda;
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda berganlik uchun;3) yetim bolaga yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun;
4) to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan shaxsga xorijga chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarga biron-bir o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda ham davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi (biometrik pasporti), O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash guvohnomasi), O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjati o‘rniga tegishincha shunday identifikatsiyalovchi ID-karta, biometrik pasport berilganligi uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pasportning yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatning hamda O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatning yo‘qolganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications