Maʼnaviyatshunoslik, PR-menejer: OTMlarda yangi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlanadi

Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, taʼlim tashkilotlarida madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagi tartib joriy etiladi. 

Unga koʻra: har bir umumtaʼlim muassasasida joriy etilgan ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan boshlab davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumtaʼlim muassasasi oliy maʼlumotli oʻqituvchisi uchun oʻrnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;

davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qatʼiy nazar, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy taʼlim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) lavozimi qisqartiriladi.

Islombek Abdixakimov