Nevaradan bobo yoki buviga aliment undirish mumkinmi?

Bobo va buvilarning nevaralar bilan yaqin qon-qarindoshlik munosabatlarini hisobga olib, ular o‘rtasidagi aliment majburiyatlari belgilanadi. Nevaralarning aliment majburiyatlari shu turdagi huquqiy munosabatlarning ikkinchi navbatiga kiradi. Bobo yoki buvi uchun aliment faqat birinchi navbatdagi aliment majburiyatidagi shaxslardan –
o‘zlarining voyaga yetgan bolalaridan, er-xotinlar va sobiq er-xotinlardan undirish imkoni bo‘lmasa, u holda nevaralardan undiriladi.

Bobo va buvi uchun undiriladigan moddiy ta’minot nevaralarning moddiy holatini pasaytirib qo‘ymasligi lozim.
Aliment to‘lovchi nevaralardan biriga da’vo qilinganda, bu da’volar boshqa aliment to‘lovchi nevaralarni, shuningdek, boshqa ikkinchi navbatdagi aliment to‘lovchilarni ham hisobga olishi lozim.
Bobo va buvi bilan nevaralar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘lmagan taqdirda, bobo va buvi foydasiga nevaralardan aliment undirish sud tartibida qonun asosida hal qilinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications