Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi qanday?
Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani onlayn tarzda my.gov.uz sayti orqali olish mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
- Arizachi YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tib so‘rovnoma tuldiradi so‘ng belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi.
- So‘rovnoma FHDYo organiga yuboriladi FHDYo organi ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda arizachiga YaIDXP orqali yuboradi
Xizmat narxi:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5% Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im – 0.045 BHM (12150.00 so‘m)
Tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
Bog‘lanish:
Call markaz: 1148
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kunida
Categories:
Oila huquqi