
Oʻzbekistonda Transport-Logistika Tizimini Rivojlantirish Boʻyicha Yangi Islohotlar
Nizomiddin Kozimov
Kiber huquq kafedrasi o’qituvchisi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Bundan tashqari, davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida elektron navbat tizimi joriy etilishi nazarda tutilgan. Ushbu texnologik yangilik yuk tashish jarayonlarini tezlashtirib, chegara punktlaridagi tirbandlikni kamaytirishga yordam beradi.
Transport-logistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda xalqaro avtomobil transporti sohasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylab “Service area” va “Service point” obyektlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu esa yuk tashuvchi kompaniyalar va haydovchilar uchun qulay xizmatlar yaratib, yoʻlboʻyi infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, bu islohotlar Oʻzbekistonning transport-logistika tizimini rivojlantirish, xalqaro savdo hajmini oshirish va mamlakatni mintaqaviy tranzit markaziga aylantirishga qaratilgan muhim qadamdir. Mazkur qaror ijrosi Oʻzbekistonning global logistika tarmogʻiga faol integratsiyasiga zamin yaratadi.