Qariyalar uyidagilarga pensiya to’lanadimi?
“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 60-moddasiga ko’ra:
Qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg`iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta`minoti uchun sarfxarajat o`rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to`lanishi belgilangan.
Qariyalar va nogironlar internat uylarida (“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida) yashovchi shaxslarning pensiya yig`majildlari ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamg`armasining bo`limida saqlanadi. Ushbu shaxslarga pensiyalar belgilangan tartibda Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan to`lanadi
Islombek Abdixakimov