Uyda hech kim yashamasa ham uy to`lovi to`lanadimi?

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 8-moddasiga muvofiq sotib olin­gan uylar Xusu­siy uy-joy fondiga kiradi.

Ushbu kodeks 14-moddasiga ko’ra, Uyning oldi­-sotdi shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolagandan keyin, hamda u notarial tasdiqlangan paytdan boshlab, turar joyga bo`lgan mulk huquqi vujudga keladi.

Ko`p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisining ulushi, shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos bo`ladi (125-modda).

Mazkur kodeks 126-moddasiga binoan Ko`p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo`lgan er uchastkasini saqlash bo`yicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi o`ziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda o`z zimmasiga oladi.

Shuningdek, Ushbu kodeksning 132-moddasiga ko’ra:

Ko`p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo`ljallanmagan joylar mulkdori o`ziga qarashli turar joyni o`z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi. Shuningdek, ko`p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo`lgan er uchastkasini saqlash bo`yicha umumiy xarajatlarni o`z zimmasiga oladi.

Ko`p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo`ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida, birgalikda zimmalariga oladilar. Bu badallar ko`p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko`rsatish, uni joriy va kapital ta`mirlash hamda ko`p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo`lgan er uchastkasini saqlash xarajatlarining o`rnini qoplashi kerak.

Mulkdorning ko`p kvartirali uydagi o`ziga qarashli turar joy va yashash uchun mo`ljallanmagan joylardan foydalanmasligi, yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi, uni ko`p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo`lgan er uchastkasini saqlash bo`yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to`liq yoki qisman ozod qilmaydi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications