“Qizil”da to’xtamaslik uchun jarima miqdori
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo’l harakatini
tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo’ysunmasdan o’tishi, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror
sodir etilgan bo’lsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo’lsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi
1284-modda
Categories:
Ma'muriy javobgarlik