Transport vositalarini mast holda boshqarish uchun jarima miqdori

Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki
o’zgacha tarzda mast holda boshqarishi —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum
qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo’lmagan shaxs tomonidan
sodir etilgan bo’lsa, —
eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o’n besh sutka muddatga
ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o’zgacha tarzda mast shaxsga transport
vositasini boshqarishni topshirish —
transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng
kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik kodeksi
131-modda

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications