Men xotinim bilan ajrashmoqchiman. Sababi oilaviy nizolar. 4yil yashadik. Xarakteriga ko‘nikolmadim. Bitta farzandimiz bor. Tezroq ajrashib chet elga ketmoqchiman. Butunlay ajrashish uchun Kamida qancha vaqt ketadi va birinchi arizani qayerga yozish kerak?
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Siz nikohni bekor qilish to’g’risida hududingizdagi Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilishingiz mumkin.
Ajrashish uchun ketadigan vaqt taraflarning roziligiga, shuningdek, farzand kim bilan qolishini belgilash, bolaga aliment undirish va mol-mulkni bo’lish bilan bog’liq. Oila kodeksining 6-moddasiga ko’ra, sud ishning ko’rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun 6 oygacha muhlat tayinlashi mumkin.
Shunga ko’ra, ish holatidan kelib chiqib, ajrashish uchun ketadigan vaqt 8-9 oygacha yoki undan ham ko’proq muddatga cho’zilishi mumkin.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.