Uzr yana sizni bezovta qilyapman. Xomiladorlik vaqtida va 1yoshgacha bulgan davrda er xotinning roziligisiz ajrashib bulmaydi deyapsiz. Agar turmush urtogim va men uz roziligimiz bn ikalamiz birgalikda sudga ariza yozsak ajrashtirishi mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Birinchi berilgan maslahatdagi kamchiliklar uchun uzr so’raymiz.
Ayol homiladorlik vaqtida ajrashish uchun ariza bersa, sudning buni rad etishga haqqi yo’q va da’vo arizasini qabul qilishi shart.
Ayol homiladorlik vaqtida va bola tug’ilganidan keyin bir yil ichida er ayolning roziligisiz ajrashish to’g’risida sudga ariza berishi mumkin emas. (Oila kodeksi 39-modda)Bunday arizani ko’rib chiqish rad etiladi.
Hozirgi vaziyatda turnush o’rtog’ingiz roziligi yoki rozi emasligidan qat’i nazar siz nikohdan ajratish to’g’risida sudga ariza berishingiz mumkin. Sudning ushbu arizani qabul qilishdan bosh tortishi qonunga xilof sanaladi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.