Apelatsiya berish

-2
0

Assalomu aleykum. Bir nafar farzandim bor. Turmush urtogim bilan hali ajrashganimiz yuq. Lekin farzandimga aliment olish uchun sudga murojat qildim. Sud qarori chiqdi. Keyin moddiy yordam yani xalq tilida sut puliyam tulashi kerak ekan turmush urtogim. Sut puliga qaror chiqishi uchun sud buldi. Xujaynim aliment ham sut puli ham tulamayman deb tulashdan bow tortyapti. Lekin sudya 1aklad sut puli tulashga qaror chiqardi. Turmush urtogim apelatsiyaga  beraman deb yuribti prokuraturaga kurdim. Savolim shuki Apelatsiyaga berish uchun prokuratura aralashadimi keyin apelatsiya uchun ham boj tulanadimi. Apelatsiya ishini bizni ishni kurgan avvalgi sud kuradimi yoki boshqa sud kuradimi. Xujaynim apelatsiyaga ish quzgatsa uni alimentdan ozod qilishi mumkinmi. Lekin turmush urtogimni oilaviy sharoiti  yaxshi bir onasi bir uzi yashedi oilada davlat ishida ishlamasa ham daromadi yaxshi shunda ham uni alimentdan ozod qilishi yoki alimentni kamaytirishi mumkinmi. Javob uchun oldindan rahmat.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Appelyatsiya masalasiga prokuratura aralashmaydi. Lekin prokuror sudning hal qiluv qarorini qonunga zid deb topsa, ushbu hal qiluv qarori ustidan protest keltirish huquqiga ega.

Hozirgi vaziyatda sud hal qiluv qarori ustidan appelyatsiya berilishi alimentning bekor qilinishi uchun asos bo’lmaydi. Appelyatsiya tartibidagi ishlar yuqori turuvchi sud (tegishli Viloyat fuqarolik ishlari bo’yicha sudi) tomonidan ko’rib chiqiladi. Appelyatsiya tartibida ishni ko’rish davomida sud agar lozim deb topsa, aliment miqdorini kamaytirishi mumkin.

Aliment faqat quyidagi hollardada bekor qilinadi:

1.  Ota otalikka e’tiroz bergan holda, tegishli DNK ekspertizasidan so’ng, ota bolaning otasi emasligi isbotlansa;

2. Aliment oluvchining iltimosiga ko’ra;

3. Bola vafot etsa;

4. Aliment to’lovchi vafot etsa.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications