Assalom alaykum
O’zi odatda aliment undirish uchun davlat boji aliment to’lovchi shaxs tomonidan to’lanadi. Lekin ushbu holda otalikni belgilash tufayli aliment bo’yicha da’vo nizoli bo’lganligi sababli sizdan davlat boji undirilgan.
Agar sudda yutib chiqsangiz, sud uchun qilgan barcha xarajatlaringiz javobgar tomonidan qoplab beriladi. Buning uchun sudan qilgan xarajatlaringizni javobgardan undirib berishni yozma ariza orqali so’rashingiz talab etiladi. Sud ajrimiga ko’ra sizning foydangizga to’lagan davlat bojingiz miqdori va sud uchun qilgan boshqa xarajatlaringiz javobgardan undirib beriladi.
Agar sudda yutqazsangiz, qilgan xarajatlaringiz javobgardan undirib berilmaydi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.