Dadam aliment talab qilyapti

0
0

Men Dusanov Mirjalol Qosim o’g’li savolim quyidagicha: Dadam mendan aliment talab qilmoqda.Bizni voyaga yetgunimizcha aliment to’lagan lekin tarbiyamizda umuman qatnashmagan bizdan hol-ahvol so’ramagan.Meni bir yarim yoshimda tashab ketgan va bizdan keyin bir necha oilalar qurgan va bizdan tashqari ham xotinlaridan bir qancha farzandlari bor. Voyaga yetgan barcha farzandlaridan aliment undiriladimi? Dadam moddiy ko’makka muhtoj deb o’ylamiman chunki katta nafaqa oladi hamda nogironligi bo’yicha 2 mln miqdorda davlatdan moddiy yordam olib kelmoqda.Hozirda men ishsizman.Mendan aliment olishga haqlimi? Agar aliment olinsa uning miqdori qanday miqdorda belgilanadi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

 

Ota uchun aliment qaysi farzanddan undirilishi otaning xohishiga (talabiga) bog’liq. Ota qaysi bolasidan aliment talab qilsa, sud o’sha boladan aliment undirib berishi mumkin. Ota xohlasa, faqat bitta farzandidan, xohlasa, barcha farzandidan aliment talab qilishga haqli.

Farzanddan otaga undiriladigan aliment fuqarolik sudida da’vo tartibida ko’rib chiqiladi. Shunga ko’ra sud da’voni qanoatlantirish tog’risida hal qiluv qarori chiqarib boladan aliment undirishi yoki da’voni rad etish to’g’risida hal qiluv qarori chiqarib, boladan otaga aliment undirishni rad qilishi mumkin.

Agar yuqorida keltirgan asoslaringizni sud jarayonida isbotlab bera olsangiz, sizdan aliment undirilmasligi yoki kamroq miqdorda unirilishi mumkin.

 

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications