Erim bilan sal kam bir yildan beri birga yashamaymiz farzandim xali chaqaloq erim meni tashlab qoygan xatto shariy nikoximiz ham yoq farzandim bilan yolg’izman erimdan ham konglim qolib ketgan uyiga ham olib ketmaydi olib ketshini ham xoxlamayman ajrashishga ariza tashasam sud ishini ko’rib chiqadimi? Chaqaloqm kichkina lekin erim meni xotin qilmaydi ajrashmoxchiman nima maslaxat berasiz
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Agar o’rtangizda FHDYO (ЗАГС) orqali tuzilgan rasmiy nikohingiz mavjud bo’lsa, sha’riy nikohingiz bor-yo’qligidan qat’i nazar, nikohdan ajratish to’g’risida fuqarolik ishlari bo’yicha sudga ariza berishingiz mumkin.
Shuningdek, nikohdan ajratish tog’risidagi ariza bilan birgalikda bolangiz uchun aliment undirish to’g’risida ham ariza berishingiz mumkin.
Eslatib o’tamiz, Nikohdan ajratish uchun fuqarolik sudiga ariza berish uchun eng kam oylik ish haqining 2 barabari miqdorida davlat boji undiriladi. Aliment undirish to’g’risidagi ariza uchun davlat boji javobgar(qarzdor)dan undiriladi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.