Ish böyicha

0
0

Assalomu alaykum savolim quyidagicha men vaqtinchalik hamshira vazifasida ishlab keldim dikret tatilidan qaytgunga qadar, 19 yil meditsina sohasida malakam bor sherigim, hozirda u qiz 2-farzandiga homilador holida ishga qaytdi,men òrnimni bòshatib berdim ish beruvchi tomonidan chiqarilgan buyruqqa asosan,7 oylik dek otpuskka chiqishi shartmi yoki 9 oy toliq ishlab tuğishdan avvalgi , va tuğishdan keyingi pullarni ham oylik ish haqini ham olib ishlasa ham bòladimi.Hozirda homilador hamshira dikretga chqish niyyati yoq, men shu qiz dikretga chiqsa ishga qaytishim kerak.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar ayolga to‘liq beriladi. (Mehnat kodeksi 233-modda)

Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, shu jumladan, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.

(“Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul to‘lovlari hamda bola tug‘ilganida beriladigan bir yo‘la nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami: 2080, 23.02.2010-y.).)

 

Yuqoridagi tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun)lik ta’til majburiy, lekin Mehnat kodeksi 234-moddasiga ko’ra Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi. Ya’ni mazkur ikki yillik ta’tilni olish ixtiyoriy, ayol xohlasa, ta’tilga chiqmay ishni davom ettirishi mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications