Mehnat munosabatlari

0
0

Salom men Arxivshunoslik yo’nalishini tugatganman,hozirda O’zbekiston tarixi yo’nalishida magistratura bosqichida tahsil olaman o’qishdan bo’sh paytimda soat 16:00 dan 18:30 gacha maxsus maktabda tarbiyachilik faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqdaman ish stavkam 0.60 ammo tarifikatsiya jarayonida menga 0.50 stavkadan ortiq ishlashga ruxsat yo’q deb aytishdi,yana shu bilan birga hali magistraturani tugatmaganim uchun menga soat 16:00 dan 20:00 gacha muddatda ya’ni 1 stavka tarbiyachilik faoliyati bilan shug’ullanishim mumkin emas deb aytishdi shu to’g’rimi?Magistr talabalarga mehnat qonunchiligida qanday huquq va imtiyozlar bor?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

 

Qonunchiligimizda mehnat faoliyati bilan shug’illanayotgan bakalavriat va magistratura talabalarining ish stavkalari bilan bog’liq cheklashlar mavjud emas. Aksincha, ishni ta’lim bilan birga olib borayotganlar uchun Mehnat kodeksi bilan belgilangan imtiyozlar mavjud. Imtiyozlarni ushbu havolaga kirish orqali o’qib chiqishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/142859#145090

Sizning vaziyatingizda tarifikatsiya masalasi ish joyingizdagi lokal hujjatlarga binoan tartibga solinadi.

 

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications