Assalom alaykum
Agar haqiqatan ham o’rtangizda voyaga yetmagan farzand bo’lmasa va orangizda mulkiy nizo bo’lmasa, sud orqali emas, FHDYO(ЗАГС) orqali ajrashishingiz mumkin. Bunda ariza bergan taraf yoli er-xotinning har ikkalasi eng kam oylik ish haqining 150 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydi. Hozirgi kunda eng kam oylik ish haqi 202,730 so’mni tashkil qiladi. Demak, 304,095 so’m to’lanadi.
Agar orangizda mulkiy nizo mavjud bo’lsa, ajrashish uchun sudga murojaat qilasiz. Bunda eng kam oylik ish haqining 2 barobari (405,460 so’m) miqdoridagi davlat bojini va 14,200 so’m miqdoridagi pochta xarajatlari uchun to’lovni ariza bergan taraf to’laydi.
Sud nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qarori chiqargandan so’ng, nikohni bekor qilish FHDYOda rasmiylashtiriladi. Bunda eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida davlat boji to’lanadi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.