Meni turmush qurganimga bir yarim bo‘ldi. Oilaviy janjallar tufayli ajrashishga majbur bo‘lyapman. Bu orada bir necha bor yarashishga harakat qildim lekin xotinim faqat ajrashaman diydi ariza beraylik desam ariza berishga kelamayapdi. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Bitta farzandimiz bor. Hali endi tug‘ildi. Qayerga murojaat qilsam bo‘ladi.
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Siz hali farzandingiz bir yoshga to’lmaganligi munosabati bilan xotiningizning roziligisiz ajrashish uchun sudga da’vo arizasi bera olmaysiz. Agar haqiqatan ajrashishni istasangiz, yo bolangiz bir yoshga to’lishini kutishingiz yoki ayolingizni ajrashishga ko’ndirishingiz kerak bo’ladi. Homiladorlik va bola bir yoshga to’lgunga qadar bo’lgan davrda faqat xotin ajrashish uchun fuqarolik sudiga ariza berishi mumin (bu davrda erning ariza berishi taqiqlangan).
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.