Oilaviy tushmovchilik

0
0

Assallom men mana 3 oy boldi chet elga kelganimga xojaimin ozlari rozi bolib yubordilar.Men kelganimdan keyin endi sening keraging yok dep meni haqoratlab farzandlarim bilan gaplashishga quymayaptilar.3 nafar qizimiz bor yuda faqat qiz deb qancha janjal bolasdi sharoitimiz ogirligi uchun men ishlashga bordim bir uyda kopchilikmiz. Yu olish sharoitimizni yaxshilay degan maqsad. Endi xojainim sen bilan ajrashaman deydilar.shga men bolalarimni olib bilamanmi uzoqda bolsamam lekin hozir borolmayman qarzim bor siz nima maslihat brazil raxmat

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Turmush o’rtog’iingiz hali ajrashish uchun sudga ariza bersa, sud yarashish uchun 6 oygacha muhlat berishi mumkin. Shunda sizning ixtiyoringizda turmush o’rtog’ingiz bilan munosabatlaringizni yaxshilab olish uchun yetarlicha muddat bo’ladi. Agar munosabatlaringiz yaxshilanmay, turmush o’rtog’ingiz fikridan qaytmasa va suddan bolalarni o’zi bilan qolishini so’rasa, avvalo sud bolalarning yoshini inobatga oladi. Bolalar 10 yoshdan oshgan bo’lsa, ota-onaing qay biri bilan qolishni bolaning o’zi tanlaydi. Agar bolalar ichikroq bo’lsa, unda siz bolalarni o’zingizda qolishi uchun sudda yutib chiqishingiz kerak bo’ladi. Agar ajrashish niyatingiz bo’lmasa, sudda oilangizni saqlab qolish istagida ekanligingiz va ajrashishga rozi emasligingizni aytishingiz kerak. Sud sizning fikringizni inobatga oladi. Sud faqat oilani bundan keyin umuman saqlab qolish imkoniyati bo’lmagan taqdirdagina nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qarori chiqaradi.

Sizga shuni maslahat beramizki, avvalo, turmush o’rtog’ingiz bilan kelishib, oilangizni saqlab qolishga harakat qiling. Sizlarning ajrashishingiz farzandlaringiz ruhiyatiga va kelajak hayotlariga salbiy ta’sir qilishini unutmang, buni turmush o’rtog’ingizga ham tushuntiring. Bundan tashqari, nikohdan ajratish ishini sudda ko’rib chiqish ham sizlardan ko’p pul sarflashni talab qiladi. Shu sudga va advokatlarga beradigan pullaringizni farzandlaringiz kam-u ko’stiga ishlatganingiz ma’qul emasmi?! Oilada bunday nizolar bo’lib turadi, bunday paytlarda shunchaki janjallashib, jahl ustida ajrashib ketish yaramaydi. Qars ikki qo’ldan chiqadi, o’rtangizdagi kelishmovchilikda sizning ham, turmush o’rtog’ingizning ham xatosi bo’lishi mumkin, lekin farzandlaringiz baxti uchun shularga ko’z yumib, turmush o’rtog’ingiz bilan kelishib olganingiz ma’qul. Sizlar ajrashsangiz faqat oilangiz emas, balki farzandlaringizning yuragi ham parchalanadi.

Unutmang:
“Parchalangan oilada yashash mumkin, ammo parchalangan yurak bilan sevib bo’lmaydi”. Farzandlaringiz yuragini parchalamang!!!

 

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications