Kadastr yig’majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo’yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo’lgan xonadonga xar bir kvadrat metr uchun minimal ish haqqining 1% miqdorida, 100kv.metrdan yuqorisiga bir minimal ish xaqqi miqdorida belgilanadi. Shahar va shaharga tenglashtirilgan M.F.Yig’inlarida xar bir kv.metr maydoniga minimal ish haqqining 1% miqdorida belgilanadi. To’lov “Bir oyna” bo’limi tomonidan taqdim etilgan to’lov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Showing 1 result
Your Answer
Please login first to submit.