Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishning tartibi qanday?

0
0

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishning tartibi qanday?

  • You must to post comments
0
0

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasiga ko’ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zolar oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari esa eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug’urta badallarini to’laydi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolarining sug’urta badallarini to’lash majburiyati oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko’radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, ushbu Kodeksning 370-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko’radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqning to’lovchisi bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan, tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik sub’ekti tomonidan bir nechta ob’ektlarda alohida amalga oshirilgan taqdirda, har bir alohida ob’ekt uchun qat’iy belgilangan soliq hisoblanadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications