Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydimi?

2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻiga tortilmaydi. Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining

80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yoʻnaltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

Qaror bilan 2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. 2021-yilda berilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 mlrd soʻmgacha byudjet ssudasi ajratiladi. Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʼshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications