Mehribonlik uylaridan bola asrab olish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi qanday?

Oila kodeksi  151-moddasiga asosan Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik protsessual kodeksining 298-modda.

Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlariga beradi.

OK 164-modda. Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tugʻilishi qayd etilgan daftarga zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan boʻlsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartiriladi. Agar bola oʻn yoshdan oshmagan boʻlsa, tugʻilgan joyi ham Oʻzbekiston Respublikasi doirasida oʻzgartirilishi mumkin.

baravari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 63-bandi: Farzandlikka olish haqida oʻzgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tugʻilgan joyi oʻzgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartirishlar FHDY organlari tomonidan, farzandlikka olish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida kiritiladi. FHDY organiga koʻrsatib oʻtilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror oʻz kuchini yoʻqotmaganligi haqida yozuv boʻlishi kerak.

Yuqoridagi qarorning 64-bandiga asosan farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan koʻchirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications