“Temir daftar”ga kiritilganlar uchun kontrakt to’lovi bo’yicha imtiyozlar bormi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 250-son qaroriga muvofiq, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, «Yoshlar daftariga» kiritilgan yoshlarning mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Demak, yuqoridagi qoidaga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari hamda yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar uchun oliygohlarda o’qish bilan bog’liq to’lov-kontrakt summasi bo’yicha yuqorida keltirilgan miqdorda imtiyoz beriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications