Yer solig‘i stavkasi va soliq solinadigan bazasi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, Yer uchastkalarining maydoni soliq solinadigan baza hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalari uchun yer solig‘i quyidagi hollarda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasida undiriladi:

  • yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilganda;
  • uy-joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda;
  • yer uchastkalari noturar joylar bilan band bo‘lganda.

Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.

!!! Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq 3 baravar miqdorda to‘lanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications