Yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;
6) Chyernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
7) enyergiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil enyergiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil enyergiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga. Enyergiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil enyergiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida enyergiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi.
Imtiyozlar soliq inspeksiyasiga soliq to‘lovchining alohida statusga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda qo‘llaniladi.
!!! Imtiyozlar soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.