Demokratik islohotlarga yangicha nigoh
Yangi Oʻzbekistonda davlat rahbari tomonidan Parlamentga Murojaatnoma yoʻllash anʼanaga aylanib bormoqda, bugun esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasini yoʻlladi.
Murojaatnoma oʻtib borayotgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar shu bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida boʻldi.
Oʻtgan yillarda boʻlgani kabi, kirib kelayotgan 2021 – yilga Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilga “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishni taklif qildi.
Bu yilgi Murojaatnoma oʻziga hos davrga toʻgʻri keldi umuman olganda, jamiki insoniyat sinovli davrni boshdan kechirmoqda, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tahlillari pandemiya xavfi nomaʼlum muddatgacha saqlanib qolishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Barchamizga ayonki, pandemiyadan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy bundan tashqari siyosiy koʻrinishi ham qaysidir maʼnoda oʻzgarishi tabiiy.
Murojaatnomada, epidemiologik vaziyat murakkab boʻlsada jonajon yuritimizda davom etib kelayotgan keng qamrovli islohotlar, yangi Oʻzbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom boʻlishini taʼminlash eng asosiy vazifamiz boʻlishi shartligi aytib oʻtildi.
Manashu murakkab vaziyatda Hukumatga bir oy muddatda ana shu ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar boʻyicha keng jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, 2021-yil uchun moʻljallangan Davlat dasturini hamda Oʻzbekistonning pandemiyadan keyingi taraqqiyot dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari Prezidentimiz, kelayotgan yilda oldimizda turgan katta siyosiy jarayon-Prezidentlik saylovlari toʻgʻrisida toʻxtalib, mamlakatda saylov va referendumga masʼul boʻlgan organ-Markaziy saylov komissiyasi boʻlajak saylov milliy qonunchiligimiz va umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratishi lozimligini; saylov komissiyalari aʼzolarini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha tizimli oʻqitish kerakligini; oʻtgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettirish choralarini koʻrish zarurligini taʼkidlab, kutilayotgan saylov kampaniyasida barcha fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb ishonch bildirdi.
Bundan tashqari murojatnomada yakunlanib borayotgan 2020-yilda amalga oshirgan islohotlarimiz natijalari, joriy yil davlat dasturi ijrosi, ushbu yilda erishgan yutuqlarimiz va albatta yoʻl qoʻygan kamchiliklarimiz, islohotlarni chuqurlashtirishga, yurtimizni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga, xalq muammolariga yechim berish, kambagʻallikni qisqartirish, ichki va tashqi siyosatga doir masalalar, yaqin qoʻshnichilik munosaatlari asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi.
Shuningdek, insoniyat tarixiga oʻzining ogʻir davr ekanligi bilan kirayotgan 2020-yilda 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning besh ustuvor yoʻnalishlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan koʻplab takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish choralarini kuchaytirish dolzarb masala ekanligi;
- Xususiy oliy taʼlim muassalariga ham davlat buyurtmasi berish yoʻlga qoʻyilishi;
- Monopoliyaga qarshi kurashni aniq belgilash, avtomobil sanoatida raqobitchilarni koʻpaytirish;
- Davlat xaridlarini shaffofligini taʼminlash maqsadida, parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
- Iqtisodiyotning lokomotivi hisoblangan banklarni tranformatsiyasini jadallashtirish, baʼzi banklarni xususiylashtirish kabi masalariga toʻxtalib oʻtildi.
Soʻng soʻz oʻrnida aytish mumkinki, dunyo xalqlari uchun murakkab davrda murojaatnomada sanab oʻtilgan oʻta muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy talab davlat va jamiyat institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash, bu jarayonda qanchalik qiyin va murakkab boʻlmasin, demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmasdan, oldinga, faqat oldinga qarab odimlab, natijadorlik va sifatni oshirishdan iborat.
POʻLAT QOBILOV,
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali oʻqituvchisi
Islombek Abdixakimov