Qarindoshlar o’rtasida nikoh tuzish taqiqlanadimi?
Qarindoshlar o’rtasida tuziladigan nikohni tibbiyot ham qonun ham yoqlamaydi.
Oila kodeksi 16-moddasiga ko’ra nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashganqarindoshlar o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi.
Agar bunday nikoh tuzilgan taqdirda ham, ushbu nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi.
Categories:
Oila huquqi