Seshanba, Iyul 7, 2020

Bankda hisobvaraq qanday ochiladi?

174

Siz hisob-kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish huquqiga egasiz.

Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun Ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat  shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.

Bankda hisobvaraq ochish uchun siz va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.

Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin sizga bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim.

Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Siz banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlar ochishingiz mumkin:

  1. Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i;

bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi.

2. Muddatli depozit hisobvarag‘i;

shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi.

3. Ssuda hisobvarag‘i;

belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.

4. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i.

mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko‘chirib beriladigan plastik kartochkalar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i ochiladi.

Ommabop

Nikohni bekor qilish uchun to’lanadigan davlat boji miqdori

Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan: nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan - Bazaviy...

Mehnat ta’tillarini berish tartibi

Yillik asosiy ta'til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi. Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e'tiboran hisoblanadi. Ta'til quyidagi xodimlarga ularning...

Elif shafaq – Ishqqa oid 40 qoida (Ostiga chizilgan parchalar)

“Qonun misoli sham – u yoritadi. Lekin biz qorong’uda sham yorug’ida faqat bir yerdan boshqa yerga o’tishimiz mumkinligini ham unutmasligimiz kerak. Agar biz bor...

Ishqqa oid 40 qoida – Elif Shafaq (Sharh)

Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg'usi va odamlar...

Dunyoning eng mashhur masonlari

Masonlar tashkilotining dunyo bo'ylab 6  milliondan ziyod a'zolari mavjud. Tashkilot tashkil topganiga 5 asrdan ortiq vaqt bo'lganiga qaramasdan tashkilot faoliyati hamon sirliligicha qolmoqda. Ushbu tashkilot haqida...

Mavzuga aloqador

Кислородный концентратор для проведения кислородной терапии, а также для приготовления кислородной пенки и коктейля.

Вы страдаете бессонницей? За последнее время Вы заметили, что Ваша память ухудшилась? У Вас проблемная кожа? У Вас упадок сил, депрессия? Вы быстро устаете? Вас часто мучают головные боли? У...

пенка

Мы много работаем, мало отдыхаем, большую часть дня проводим в помещении, сидим на диетах и любим выпить вина или пива вечером в пятницу. Все...

Bankka omonat qo’yish tartibi qanday?

Bank omonati (depozit)  bu - milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi hisoblanib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoki bunday shartlarsiz...

Tovar import qilish uchun qanday hujjatlar kerak?

“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:  Bojxona yuk deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida...
- Advertisement -

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish