Bankka omonat qo’yish tartibi qanday?

Bank omonati (depozit)  bu – milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi hisoblanib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoki bunday shartlarsiz qaytarish sharti bilan beriladi.

Bank omonati ochish uchun bankka faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.

Bank omonati shartnomasi bank va mijozlar o‘rtasida yozma shaklda tuziladi va bir nusxasi omonatchida qoladi.

Har qanday muomalaga layoqatli shaxs o‘z nomiga yoki boshqa shaxs nomiga omonat ochishi mumkin.

Omonatning eng kam va eng ko‘p miqdorlari har bir bank tomonidan mustaqil o‘rnatiladi.

Omonat qanday to’ldiriladi?

Qo‘shimcha summalar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishda omonat qo‘yilgan valyutada qabul qilinadi.

Omonatga qo‘shimcha mablag‘larni qabul qilishda omonatchi bankka jamg‘arma daftarchasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Omonatlar bo’yicha foizlar to’lash tartibi

Omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foiz stavkalarining miqdori bank tomonidan o‘rnatiladi.

Agar bank omonati shartnomasida boshqacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bank talab qilib olingungacha bo‘lgan omonatlarga to‘lanadigan foiz miqdorlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank har bir omonatchiga omonat bo‘yicha foizlarning kamayganligi to‘g‘risida xabar berishga majburdir.

Muddatli va jamg‘arib boriladigan omonatlar bo‘yicha bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar miqdori bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas.

Bank omonati summasiga foizlar summa bankka kelib tushgan kundan bir kun o‘tib hisoblab boriladi va omonatchiga qaytarish yoxud boshqa asoslarga ko‘ra omonatchi hisobidan echib olish kuniga qadar (shu kunni ham qo‘shgan holda) hisoblanadi.

Omonatni muddatidan oldin qayatarib olish mumkinmi?

Omonat qoldig‘i, kirim-chiqim opyeratsiyalari, omonat muddati tugashi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa zarur ma’lumotni omonatchi mobil ilovadan foydalangan holda yoki o‘rnatilgan infokiosklar yordamida yoxud Internyet tarmog‘ida bankning veb-saytida ochilgan shaxsiy kabinetiga kirib olishi mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications