Shaharlarda istiqomat qiluvchi hamda quyidagi mezonlarga taalluqli fuqarolar shahar joylarida qurilayotgan arzon ko‘p qavatli uy-joylarni sotib olish huquqiga ega:
- uy-joyining yo‘qligi va ijara, bepul foydalanish shartlari asosida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashayotganligi;
- bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashayotganligi;
- ko‘p bolali oila;
- ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotganligi;
- ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
- oila tarkibida 1-guruh nogironligi mavjudligi;
- turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy me’yorlarga muvofiq emasligi .
- tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- ariza;
- qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;
- fuqaroning uy-joyga muhtojligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish shartlari:
- qishloq joylarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- shaharlarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.