Korporativ bank plastik kartasini ochish tartibi qanday?

Korporativ bank kartasi hisobvarag‘ini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz talab etiladi:

  • ariza;
    kartadan foydalanadigan shaxs bo‘yicha to‘ldirilgan ariza-anketa.

Bank bilan yozma shartnoma tuzasiz.

Korporativ bank kartasi 3 bank ish kunida ochiladi.

Korporativ bank kartasini ochishning boshqa tartibi va komission to‘lovlar miqdori har bir bankning ichki qoidalariga ko‘ra farq qilishi mumkin.

Markaziy bank tomonidan tavsiyaviy tarif rejalar belgilangan.

Korporativ bank kartasidan tashkilotning joriy xo‘jalik xarajatlari hamda xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun foydalanish mumkin.

Bizni telegramda kuzatib boring

@civil_uz

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications