Tadbirkorlik uchun joy olish tartibi qanday?

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sizga qulay joy kerak bo‘ladi.
Ba’zi faoliyat turlari bilan uyda ham shug‘ullanish mumkin. Misol uchun oilaviy korxona tashkil etgan holda yoki o‘zini o‘zi band qilgan ayrim faoliyat (ishlar, xizmatlar) bilan shug‘ullanganda.

Agar Sizga boshqa joy kerak bo‘lsa, Siz:
– bo‘sh turgan yer uchastkasini auksion orqali olishingiz;
– davlat mulki bo‘lgan bino (inshoot va hokazo)larni auksion orqali ijaraga yoki sotib olishingiz;
– davlat mulki bo‘lgan bino (inshoot va h.)larni “nol” qiymatda tanlov orqali olishingiz;
– erkin iqtisodiy zonalardan va/yoki kichik sanoat zonalardan bino (inshoot va hokazo)lar yoki bo‘sh yer uchastkasini tanlov orqali olishingiz;
– sud va boshqa organlar hujjatlari asosida bino (inshoot va hokazo)larni auksion orqali sotib olishingiz;
– jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino (inshoot va h.)larni kelishgan holda ijaraga yoki sotib olishingiz mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications