Tadbirkor chet el banklarida hisobvaraq ochish mumkinmi?

Agar tadbirkorlik faoliyatingiz O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, chet eldagi banklarda hisobvaraq ochishingiz mumkin.

Bunda, chet elda hisobvaraq ochisha huquqingiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining qarorlari yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Agar Sizning korxonangiz chet el investisiyalari ishtirokida bo‘lsa, chet elda har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga egasiz.

E’tibor bering! Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona deb aksiyalarining (ulushlar, paylar) yoki ustav fondining kamida 15 foizini chet el investisiyalari tashkil etadigan korxonalar tan olinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications