Yer solig’ini hisoblash va to’lash tartibi qanday?
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Islombek Abdixakimov