Afsonaviy ko’zgu siri asari haqida

Asarni oqish jarayonimda: ko’zgu qanday motiv bilan yaralgan? Uning siri nimada? Nima uchun va qanday qilib bunchalar maximal darajada kuydirmoqda? kabi savollar paydo bola boshladi menda.
Boshida men ham ko’zguda biror-bir sehr-jodu borligiga chippa-chin ishondim(sayohatdoshlarim kabi). Keling yaxshisi hammasini yotig’i bilan gapirib beray..
Xullas,ko’zgu qarshimda turganday va men unga qarasam, xokka aylanib qoladiganday,jodugar mening yoshimni o’zlashtirib oladiganday edi. Biroq, unday bo’lib chiqmadi. Noto’g’ri farazim sekin-astalik bilan shubhaga aylandi va oxiri bularning bari yolg’on-uydurma ekanligiga ishondim va kimyogar Erik Bredligining aql-zakovatiga tasanno aytdim. Axir, har kim ham bunday modda ishlab chiqolmasdi. Asarni boshlaganimda qissa juda oddiydek tuyuldi. Nazarimda ko’zgu siri muqaddimada oshkor etilgandek edi. Shu sababli mutolaani to’xtatdim va sizga tanish bo’lgan asar mutolaasiga kirishdim. Uni o’qib tugatgach, kitob tanlamoqchi bõlib, mavjud asarlarni kõzdan kechirdim.


Har safar ko’zim o’sha ma’lum qissaga tushar,muqovadagi inson (yana bilmadim, insonmi u boshqami) menga sirli tikilayotgandek, o’ziga ohangrabo kabi tortayotgandek tuyulardi(kitobning orqa muqovasidagi surat. Kitob qo’lingizga tushsa, albatta diqqat bilan ko’zdan kechiring, ajabmaski sizga ham shunday tuyulsa). Tavakkal qilib kitobni qo’limga oldim va mutolaani boshladim. Asar ta’siridan hech chiqolmadim va uni tezroq tugatishga,tezroq ko’zgu sirini bilishga orziqardim. Va mana niyatimga ham yetdim.
Xullas, ajoyib! O’zbek adabiyotida o’qigan asarlarim orasidan bunaqasiga ro’baro bo’lmagandim. Balkim oshirib yuborayotgandirman-shunday o’ylayotgandirsiz,biroq men xuddi shu qarorga keldim.
Izquvar Harkerning zakovatiga esa tasannolar aytmaslikning iloji yo’q (ba’zibir jihatlarini aytmaganda Sh.Xolmsga juda o’xshab ketadi. Ayniqsa, trubka chekib, masalani ko’zi yumuq bo’lgan holida tahlil etishi).

#o’qib_ko’ring

P/S. Voqealar rivoji muallifning hayoliy olami bo’lmish-Natlandiyada sodir bo’ladi.

Ruxshona Akmalovna Akbarova

(C) Dilpazir_library
☆ 21.08.2021
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications