Aka-uka-opa-singillar bir-birlaridan aliment undirishi mumkinmi?

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk

Aka-uka va opa-singillar aliment to‘lash to‘g‘risida o‘zaro kelishuv tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvga Oila kodeksining XVII bobi qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuvning shartlari, tartibi va alimentning miqdori shu kelishuv bilan belgilanadi.

Kelishuv bo‘lmasa, aliment olish huquqi voyaga yetgan mehnatga layoqatli aka-uka va opa-singillardan faqat aliment undirish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan muhtoj va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz muhtoj aka-ukalar va opa-singillarda saqlanadi.

«Ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga yetmagan aka-uka va opa-singillariga ta’minot berish majburiyati yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan aka-uka va opa-singillar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aka-uka va opa-singillarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasa yoxud ulardan ta’minot uchun mablag‘ ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat aka-uka va opa-singillarning zimmasiga yuklatilishi mumkin.» (Oila Kodeksi 125-modda)

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Scroll to Top