Aliment bo’yicha xorijga chiqishga cheklov qanday bekor qilinadi?

Aliment to‘lovchilar quyidagi uchta holatlardan birini amalga oshirish orqali chet elga chiqishga taqiqni bekor qilishlari mumkin:

undiruvchining yaʼni sobiq turmush o‘rtog‘ini roziligi yaʼni ijroni to‘xtatish haqidagi arizasiga asosan;(O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga asosan)

voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi kerak. (qonunning 421-moddasi)

Davlat ijrochisining O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish hamda prokuror tomonidan keltirilgan protest asosida taqiq olib tashlanishi mumkin. (Qonunning 421-moddasiga asosan,)

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications