Bosh sahifa / Oila huquqi / Aliment / Aliment miqdori qancha?

Aliment miqdori qancha?

Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori

Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining

bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;

ikki bola uchun — uchdan bir qismi;

uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi – 99-modda. 

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish