“Allohim, men keldim”

“Alhamdulillah, musulmonman” – shu birgina jumlaning o’zi olamlarga teng qadr va qudratga ega, to’g’rimi? Muqaddas dinimizga ko’ra biz uchun Allohdan o’zga iloh yo’q , albatta. Namoz – shunchaki ibodat emas, Alloh bilan suhbatdir. Hadicha Kubra Tongarning  “Allohim,men keldim” asarini o’qib ,o’zim uchun yanada mustahkamlab olgan asosiy xulosam shu bo’ldi. Kitob dizayni yoki yozilish shaklidan kelib chiqib uni asosan kichik yoshdagi kitobxonlarga atalgan deb o’ylashingiz mumkin,Lekin bu kabi buyuk asarlar va din mavzusi yosh tanlamaydi,nazarimda. Asarni dinimizga ,adabiyotga, mutolaaga mehri bo’lgan hamma o’qishi mumkin va hatto o’qishi kerak deb bilaman. Shubhasiz ,kichik kitobsevarlar bu asarni navbatdagi mutolaa kitobi sifatida tanlasalar yanada ajoyib. Zero ,asar har bir o’quvchisini iymonga,duoga va namozga chorlaydi.Shaxsan o’zim ham din borasidagi ba’zi savollarimga shu kitob orqali javob topa olganim ,tushunchalarga ega bo’lganimdan xursandman. Chinakam inson sifatida fikrlash,shukr qilish va zikr qilish – har bir musulmonning eng buyuk ziynati va umriga fayz qo’sha oluvchi qudrati ekanligi ta’kidlangan asarda. Eng muhimi,asar sizni o’ylash,fikrlashga undaydi.Ishonamanki, siz ham asarni o’qib bir qancha savollaringizga javob topa olasiz. Asar hali o’zbek tiliga tarjima qilinmagan,lekin yozuvchi  fikrlarini turkchadan tushunish u qadar qiyin bo’lmaydi va sevimli asarlaringiz safi yana bittaga ko’payadi degan umiddaman.

Fazilat Narzullayeva

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications