Biznesni tugatish tartibi qanday?

Ixtiyoriy tugatish

Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
  • tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
  • tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
  • tadbirkorlik sub’ektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat reestridan chiqarish

Tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz deb topish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • 9 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
  • 9 oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.

Bunday holatlarda, tijorat banklari 3 ish kuni ichida u hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali ma’lumot taqdim etadi.

Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.

Bankrotlik to‘g‘risidagi qoidalar davlat korxonlari va notijorat korxonalarga tatbiq etilmaydi.

Bankrotlik ishi quyidagi shaxslarning arizalariga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin:

  • Qarzdor;
  • Kreditor;
  • Prokuror.

Arizani iqisodiy sudga elektron tarzda topshirish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications