Bola nikoh tugatilganidan keyin 300 kun ichida tug’ilsa……

Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.

Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega. (Oila kodeksi 60-modda)

Bolaning haquqiy otasi, otalikni o ‘z xohishi bilan tan olishi mumkin, agar u buni inkor etsa, u holda otalik sud tartibida belgilanadi.

Otalikni tan olish fakti alohida sud tartibida belgilanadi. Manfaatdor shaxs otalikni tan olish maqsadida ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin. Manfaatdor shaxslar bolaning onasi, uning vasiysi (homiysi), voyaga yetgandan so’ng bolaning o’zi hamda prokuror hisoblanadi. Ariza boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin.

Otalikni tan olish faktini belgilash to’g’risidagi ishda muayyan faktni belgilash unda qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi arizada ko’rsatilishi lozim. Qoida bo’yicha otalikni tan olish fakti boquvchisini yo’qotgan vaqtda unga pensiya tayinlash, meros olish, ya’ni mulkiy huquqlami amalga oshirish maqsadida belgilanadi.

Sudning otalikni tan olish to’g’risidagi ajrimiga asosan bolaning tug’ilganligi to’g’risidagi dalolatnoma yozuviga ota to’g’risidagi
ma’lumot yozilib, bolaga tug’ilganlik to’g ‘risida guvohnoma beriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications