Bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki
o’qish joyidan to’lanadi.
Bolaning onasi ishlamaydigan va o’qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiydigan otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaxslarga to’lanadi.
Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi.
Farzandlikka olingan bolalarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa to’lanmaydi.
Manba:
Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizom