Bolaning qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi qanday?

Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi qonun doirasida chegaralanmagan. Ba’zi hollarda buning oilaviy munosabatlar, ya’ni urish janjallar, kelishmovchiliklar sabab cheklanganiga guvoh bo‘lganmiz.

Oila kodeksida bola istagan payti otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega ekani qayd etilgan. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas, deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega.

Ota-ona turli davlatlarda yashasa, bola ko‘rishishi mumkinmi?

Albatta, ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlar — ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarga tushib qolgan bola o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘risha oladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications